O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

YANGILIK: "UNG Petro” korxonasi motor moylari va antifriz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

YANGILIK: "UNG Petro” korxonasi motor moylari va antifriz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

«Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari tarmogʻi “UNG Petro korxonasi yuqori sifatli motor moylarini, antifriz va avtomobillar uchun boshqa kerak boʻluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning tashabbusi va topshirigʻiga binoan ushbu korxona faoliyatini yana-da rivojlantirish hamda isteʼmolchilarga xizmat qilish turini kengaytirishga qaratilgan bu kabi yangiliklar tarmoq ravnaqida muhim ahamiyatga ega.

Korxona rahbari Mirzohid Musayevning maʼlum qilishicha, xorijdan import qilingan, xususan, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlardan import qilingan prisadkalarni qoʻshish orqali yevropa standartlariga javob beruvchi motor moylari tayyorlanmoqda.

“UNG Petro” korxonasi antifriz mahsulotini ham sotuvga chiqarmoqda. Ushbu mahsulotlar asosan Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari tarmogʻida va ular hududida joylashgan motor moylarini almashtirish shoxobchalari orqali joriy yilning 9-iyun sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

“UNG Petro” korxonasining AYOQSHlarida sotilayotgan bu mahsulot turlari va ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida maʼlumot olish uchun @UNG_Petro_Bot telegramm kanaliga ulanish mumkin.

"Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


11 471
OʻzA