Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 14:46 Chop etish versiyasi

Yangilik: “Boysun-farm” EIZda qo‘y junidan inson uchun foydali modda olinadi

“Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasida qo‘y junidan farmatsevtika sanoati uchun noyob xomashyo – lanolin substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

– Bu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi, – deydi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi rahbari M.Ochilov. – Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo mavjud. Ma’lumki, qo‘y terisi ostidagi bezlar nafaqat yog‘, balki yog‘simon modda – lanolin ham ishlab chiqaradi. Teri ustiga chiqqan yog‘ orqali ushbu modda qo‘y juniga yopishadi. Maxsus texnologiya yordamida yuvilgan jundan lanolin ajratib olinib, hidini ketkazish uchun qayta ishlov beriladi. Xorijda bu jarayonni yaqindan o‘rganib kelgan tadbirkorlarimiz Boysun tumanida zamonaviy texnologiya o‘rnatish istagini bildirdi. Yangi yilning dastlabki kunlaridan uning biznes-loyihasi tayyorlanmoqda. Bu chiqitsiz texnologiya bo‘lib, lanolini ajratib olingan jundan xalq xo‘jaligi uchun zarur kigiz to‘qiladi. 

Mutaxassislarning fikricha, lanolin inson terisiga tez shimilish xususiyati bilan farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shu bois undan farmatsevtikada shamcha va surtmalar tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida keng ishlatiladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
2 845