Termiz shahrida yangi savdo majmuasi ish boshladi. Qariyb 300 o‘rinli o‘n bitta savdo pavilyoni, ikkita qahvaxonadan iborat majmua qurilishiga 10 milliard 650 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan inshootning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy servis va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, zamonaviy bozor va savdo majmualari barpo etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimizning 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu qaror ijrosi hamda 2015-2017-yillarda Surxondaryo viloyatining yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq viloyatda 36 savdo, xizmat ko‘rsatish va servis inshooti, 26 bozor barpo etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinayotir.

Milliy va zamonaviy arxitektura uslublari uyg‘unligida qurilgan savdo pavilyonlarida yaratilgan qulaylik va sharoitdan aholi juda mamnun.

– Yurtning obodligini bilmoqchi bo‘lsang, bozoriga boq, degan naql bekorga aytilmagan, – deydi mehnat faxriysi Olimjon Eshonov. – Qadimdan bozor yurt obodligi va xalq farovonligini belgilashda muhim omil bo‘lgan. Mustaqillik yillari bunday ulug‘ qadriyatlarimiz qayta tiklanib, jahon talablariga javob beradigan inshootlar jadal qurilayotgani, mavjudlari zamonaviy uslubda ta’mirlanayotgani yurtimizdagi tinchlik, obodlik va odamlarning munosib turmush kechirishi uchun ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor samarasidir. Ana shunday ezgu amallar tashabbuskori Yurtboshimizdan minnatdormiz.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Mamaraimov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi savdo majmuasi ish boshladi