Yangi nasos stansiyalari ishga tushirildi
Jizzax viloyatida 1- va 2-Xovos – G‘allakor nasos stansiyalari foydalanishga topshirildi.
Jizzax viloyatida 1- va 2-Xovos – G‘allakor nasos stansiyalari foydalanishga topshirildi.Birinchi Prezidentimizning 2013-yil 19-apreldagi “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan ushbu inshootlarda “Jizzax tumanlararo suvtarmoqta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Sirdaryodan suv olayotgan Janubiy Mirzacho‘l kanali havzasida barpo etilgan ushbu stansiyalarning har biriga beshtadan zamonaviy yuqori quvvatli nasoslar o‘rnatilgan. Birinchi stansiya suvni 68 metr, ikkinchisi 171 metr balandlikka ko‘tarib beradi. Har ikkala stansiya sekundiga 3,5 kub metr suv olish quvvatiga ega.
Ilgari Yangiobod tumaniga qo‘shni davlat hududi orqali keladigan suvning yarmidan ko‘pi iste’molchilarga yetib bormas, bu qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tumanning suv ta’minotida katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirardi.
Yangi nasos stansiyalarining ishga tushirilishi bilan tumanning “Sarmish” suv iste’molchilari uyushmasida 640, “Balandchaqir” suv iste’molchilari uyushmasida 850 gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi.
– Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli irrigatsiya inshootlari qurish va ta’mirlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilmoqda, – deydi viloyatlararo “Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nizom O‘rolov. – Joriy yilda Xovos – G‘allakor nasos stansiyalarining foydalanishga topshirilishi hudud irrigatsiya tizimidagi katta muvaffaqiyat bo‘ldi. Yuqori quvvatli nasoslar o‘rnatilgan stansiyalar Yangiobod tumani fermer va dehqonlarining suvga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlaydi.
Viloyatda irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini qurish, ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilayotir. Joriy yilning o‘tgan davrida 8 irrigatsiya inshootida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida 10 ming gektarga yaqin yerga suv yetkazib berish tizimi yaxshilandi.