“O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada uyushma tarkibidagi korxonalar bilan birgalikda hududlardagi korxonalar hamda chet ellik hamkorlar ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalari izchil modernizatsiya qilinib, texnik va texnologik jihatdan yangilanayotgani, xorijiy hamkorlar uchun qulay investitsiyaviy muhit yaratib berilayotgani natijasida charm-poyabzal sanoatida yuksak samaradorlikka erishilmoqda. Prezidentimizning 2016-yil 15-sentabrdagi “2016-2020-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Yurtimizda 770 ga yaqin korxona terini qayta ishlash, charm-attorlik hamda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Sohaga tatbiq etilayotgan imtiyozlar yangi korxonalar tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlarining muttasil oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Ettinchi marta o‘tkazilayotgan “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” xalqaro ko‘rgazmasida saksondan ortiq mahalliy, yigirmaga yaqin xorijiy korxona va tashkilot ishtirok etmoqda. Ular tomonidan 2 ming 500 xildan ziyod poyabzal va tikuvchilik mahsulotlari, charm, gazlama, mo‘yna va qorako‘ldan ishlangan aksessuarlar namunalari namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar stendlarida, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va furnituralarni ham ko‘rish mumkin.

– Mamlakatimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, imtiyozlar berilayotgani faoliyatimizni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “Clasica Shoes International” qo‘shma korxonasi bosh menejeri Ilhom Nazaraliyev. – Chunonchi, yigirma yil avval bir necha o‘n turdagi poyabzal mahsulotlari bilan o‘z faoliyatini boshlagan korxonamiz bugungi kunda ming turdan ortiq erkaklar va bolalar oyoq kiyimini ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarimizga nafaqat mahalliy bozorda, balki Qozog‘iston, Rossiya singari mamlakatlarda ham talab ortib bormoqda. Rossiyaga joriy yilda 100 ming juft poyabzal eksport qilishni rejalashtirganmiz.

– Bolalar poyabzallarini ishlab chiqarish mamlakatimiz tadbirkorlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, – deydi “Erkatoy bolajon” mas’uliyati cheklangan jamiyati texnologi Muhabbat Norova. – 2013-yildan buyon bolalarga mo‘ljallangan ortopedik oyoq kiyimlar ishlab chiqarmoqdamiz. Yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxonamizda hozirgi paytda ellik turdan ziyod ortopedik poyabzallar tayyorlanmoqda.

11 (5).JPG

Engil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar nafaqat yuqori sifati, balki zamonaviy dizayni bilan ham ajralib turadi. Shu bois bunday mahsulotlarga jahon bozorida talab katta bo‘lib, o‘nlab davlatlarga eksport qilinayotir. Toshkent shahridagi “Elegant shoes” korxonasi ta’sischisi Jo‘rabek Otabekovning qayd etishicha, korxonada tayyorlanayotgan poyabzal mahsulotlariga bo‘lgan talab muttasil ortib bormoqda. Ayni paytda korxona o‘z mahsulotlarini Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Ozarbayjon mamlakatlariga eksport qilmoqda, Yevropa bozorlariga chiqish mo‘ljallanmoqda.

Ko‘rgazma mamlakatimiz tadbirkorlariga xorijlik hamkorlar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. “Ximicheskoye proizvodstvo” unitar korxonasi (Belarus Respublikasi) tomonidan taklif etilayotgan poyabzal, galantereya, mebel, qurilish va boshqa sanoat tarmoqlariga mo‘ljallangan turli yelimlash materiallari, “Fotih O‘qchi” korxonasining (Turkiya) poyabzal ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan har xil aksessuarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar e’tiborini tortmoqda.

– Avval o‘tkazilgan ko‘rgazmalar mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan ajralib turishi, xorijiy mahsulotlardan bir necha barobar arzon ekanini namoyish etdi, – deydi “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sharifjon Sheraliyev. – Ko‘rgazma davomida korxonalarimiz tomonidan mamlakatimizdagi va chet ellik hamkorlar bilan mahsulotlarni sotish yoki sotib olish bo‘yicha o‘zaro shartnomalar tuziladi. Bu kooperatsion aloqalar va chet el korxonalari bilan hamkorlikning rivojlanishiga, import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot turlari yaratilishiga, eksport hajmining oshishiga xizmat qiladi.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya Federatsiyasining Charm va poyabzal ishlab chiqarish uyushmasi va Qozog‘iston Respublikasining Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi.

“Eng yaxshi poyabzal dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm attorlik mahsulotlari dizayni uchun”, “Eng yaxshi charm mahsulotlari uchun”, “Eng yaxshi kiyim-kechak dizayni uchun”, “Eng yaxshi stend”, “Eng faol ishtirokchi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Ko‘rgazma yakunida eksport shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolanadi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Charm, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” VI xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi