O‘zA O`zbek

17.03.2020 Chop etish versiyasi

Yangi ishga tushirilgan quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda

Yangi ishga tushirilgan quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdak” gazkondensat konidagi 81-sonli quduqda burgʻulash ishlari tugatildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu quduqning 2613-2598m, 2380-2376m, 2340-2332m intervallar oraligʻida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun: “Shimoliy Berdak” gazkondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.

4 652
OʻzA