Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 17:18 Chop etish versiyasi

170 yangi ish o‘rni yaratiladi

170 yangi ish o‘rni yaratiladi Prezidentimiz joriy yil iyun oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘idahududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi. Uchko‘prik tumanidagi sobiq konserva zavodi negizida amalga oshirilayotgan loyiha shular jumlasidandir.

–Loyihaga ko‘ra, o‘z mablag‘imiz va “Ipotekabank”ning 7,4 milliard so‘mlik krediti hisobidan korxonamizning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilamiz, meva saqlovchi muzlatkich va qadoqlovchi uskunalar o‘rnatamiz, - deydi “Valley Moutains Fresh” MChJ jamiyati rahbari Rahmonnazar Oxchayev. — 2018-yilning birinchi choragida loyihaning birinchi bosqichi, to‘rtinchi choragida ikkinchi bosqichi ishga tushiriladi. Loyiha to‘liq ro‘yobga chiqqach, yiliga ming tonna tomat pastasi, shuncha miqdorda pyure va konsentrat, meva-sabzavot konservalari iste’molchilargayetkazilib beriladi. Mahsulotlar eksporti ham yo‘lga qo‘yiladi. Muhimi, 10,5 milliard so‘mlik ushbu loyiha tufayli 170 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
2 080






Все о погоде - Pogoda.uz