Yangi g‘oyalar, istiqbolli loyihalar sari
Farg‘ona shahridagi xalq xo‘jaligi tarmoqlariga isitish qozonlari yetkazib berayotgan “Farg‘onaquvurta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish sur’ati va sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farg‘ona shahridagi xalq xo‘jaligi tarmoqlariga isitish qozonlari yetkazib berayotgan “Farg‘onaquvurta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish sur’ati va sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Sifatli, kafolatlangan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan korxona rahbari Mansur Tillayevning aytishicha, o‘tgan yili viloyat maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlariga 658 million so‘mlikdan ortiq zamonaviy va tejamkor isitish qozonlari yetkazib berildi. Umumdavlat ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tarmoqlarga 43 million so‘mlikdan ortiq isitish pechlari o‘rnatib berildi.
Korxona jamoasi yangi g‘oyalar, ishlab chiqarish uskunalarini hayotga tatbiq etish ustida izlanishlar olib bormoqda.