2017-yil mamlakatimizga Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlariga qo‘yilishi rejalashtirilgan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi. Qarshi – Termiz, Urganch – Xiva yo‘nalishlari ham elektrlashtiriladi.

Bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining 2016-yil ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017-yilgi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" tomonidan 2016-yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi. 369 million dollar miqdorida eksport xizmatlari ko‘rsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida 422,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tizimda 2 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilib, ishchilar soni 70 mingdan oshdi.

– O‘tgan yilda investitsiya dasturiga ko‘ra 820 million dollardan ko‘proq mablag‘ o‘zlashtirildi, – deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer-bosh muhandisi Husniddin Hosilov. – Natijada qator loyihalar amalga oshirilib, yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratildi. Xususan, 2016 yilda uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va uning doirasida bunyod etilgan uzunligi 19,2 kilometrdan iborat Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. O‘tgan yil 11 iyuldan boshlab, mazkur yangi temir yo‘l orqali Farg‘ona vodiysiga hamda u yerdan yurtimizning boshqa hududlariga yuk poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Toshkentdan Andijonga birinchi yo‘lovchi poyezdi qatnovi boshlandi. Hozir Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‘lovchi poyezdi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Andijon – Buxoro – Andijon yo‘nalishida haftasiga ikkita yo‘lovchi poyezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo‘nalishlarida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari bir sutkada o‘nlab yuk poyezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali o‘tib, yuklarni o‘z manziliga yetkazmoqda.

Samarqanddan Buxorogacha bo‘lgan masofada 140 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘l qurildi. Mavjudlari zamonaviy ta’mirlanib, Buxorogacha to‘liq elektrlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdining qatnovi aholi uzog‘ini yaqin qilmoqda.

Matbuot anjumanida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida amalga oshiriladigan istiqboldagi loyihalar xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizga ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi