Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 10:47 Chop etish versiyasi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari bankdagi hisob varaqlaridan chet el valyutasini naqd ko‘rinishda yechib olishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga muvofiq Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisob varaqlarni yuritish Tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (1998-yil 22-oktabr 511-son), deya xabar beradi Markaziy bank rasmiy sayti.

Yuqorida qayd etilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklariga o‘z mablag‘larini erkin tasarruf qilishlarini kafolatlash maqsadida, ularning bank hisobvarag‘idan chet el valyutasini naqd ko‘rinishida olish huquqi berildi.

1 735






Все о погоде - Pogoda.uz