Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 15:32 Chop etish versiyasi

Yakka tadbirkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.

Bugungi kunda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarning ro‘yxatga olinishi soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilayotganligi, ular uchun qat’iy belgilab qo‘yilgan soliqlar to‘lash joriy qilingani va boshqa imtiyozlar soha rivojiga xizmat qilmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning ayrim moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinib kelinmoqda. So‘nggi paytlarda yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli aholi orasida tadbirkorlikning ushbu turi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish kuchaymoqda. Yakka tadbirkorlik nafaqat mamlakat byudjeti uchun o‘ziga xos daromad manbai, balki fuqarolarning bandligini ta’minlashning muhim omili hamdir.

Muloqot davomida tadbirkorlikning ushbu turi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanilmayotgani haqida tanqidiy fikrlar bildirildi. Mavjud muammolarni hal qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlash taklifi ham ilgari surildi. Qonun loyihasida yakka tadbirkorlar maqomi, uning faoliyatini tashkil etish asoslari va tartibini belgilash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi muhim normalarni nazarda tutish lozimligi qayd etildi.

Tadbirda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Nurullo Nasriyev, O‘zA
2 040






Все о погоде - Pogoda.uz