Poytaxtimizning o‘n bitta tumanidagi “Yagona darcha” markazlari orqali aholiga 16 turdagi xizmatlar ko‘rsatilayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-fevraldagi "Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga binoan tuman va shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona darcha” markazlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu “Yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi.

Mamlakatimiz ishbilarmonlarining og‘irini yengil qilayotgan mazkur markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «Yagona darcha» markazida bo‘ldik.

– Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi yakka tadbirkor Mavluda Shomatova. – Ko‘pdan buyon ayollarimiz uchun milliy liboslar, bejirim buyumlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tikuv sexini ochishni rejalashtirib yurgan edim. Mana, ko‘rib turganingizdek qisqa fursat ichida barcha masalalar ijobiy hal bo‘ldi. Eng muhimi, men endi qonuniy tadbirkorman. Yaratib berilayotgan qulayliklardan minnatdormiz.

Prezidentimiz qarori asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida barcha turdagi ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, turli davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada kengaytirish masalalari ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanishda turli to‘siqlarni bartaraf etish, ochiqlikni ta’minlash sohada dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Poytaxtimizning o‘n bitta tumanidagi “Yagona darcha” markazlari orqali aholiga 16 turdagi xizmatlar ko‘rsatilayotir. Tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tashqi reklamani joylashtirish, turar joyni noturarjoyga aylantirish kabi masalalar ushbu maskanlarda hal etilmoqda. Toshkent shahar adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Kamol Xoliqovning ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-fevral oylarida poytaxtimizda bu kabi xizmatlardan foydalanayotgan yuridik shaxslar qariyb 2 mingga yetdi.

– Mamlakatimizda “Yagona darcha” markazlarini boshqarishning samarali tizimi yaratildi, – deydi Olmazor tumani «Yagona darcha» markazi bosh mutaxassisi Jasur Saidxo‘jayev. – Adliya idoralari markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilib, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bu markaz faoliyatini boshqarish va davlat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Markazlarni qayta tashkil etish bo‘yicha har bir tumanda ishchi guruhi, ularga uslubiy yordam berish va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida idoralararo shahar ishchi guruhi shakllantirilgani ayni muddao bo‘ldi.

Markazlarga kelgan tadbirkorlarga axborot bo‘limining o‘zidayoq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul ma’lumot berilmoqda. Har bir markaz yuksak salohiyatli, huquqshunoslik, iqtisod, soliq va moliya sohalarida yetarli malakaga ega bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan kadrlar bilan ta’minlangani ish samaradorligini oshirmoqda.

– Tumanimizdagi “Yagona darcha” markaziga bino va inshootlarga bo‘lgan huquqimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘rab, murojaat qildim, – deydi Olmazor tumani «Islom ota» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yakka tadbirkor Shukur Roziqov. – U belgilangan tartibda qabul qilinib, rasmiylashtirildi va tegishli davlat xizmati ko‘rsatuvchi idoraga yuborildi. Natijasi bo‘yicha, albatta, o‘z vaqtida ma’lumot taqdim etilishi bildirildi. Bu mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy tasdig‘idir.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish «Yagona darcha» markazlarini tashkil etishdan asosiy maqsad tadbirkorlarning ish boshlashidan tortib faoliyati davomida zarur bo‘ladigan xizmatlarni ularga bir joyda ko‘rsatish, yanada qulaylik yaratishdan iboratdir. Amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko‘tarib, iqtisodiyotimizni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona darcha – tadbirkorlar uchun qulaylik