Mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Mazkur hujjat bilan tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatadigan “Yagona darcha” markazlarini boshqarishning samarali tizimi yaratildi, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sherpo‘lat Boyqulov. – Shunga muvofiq, adliya idoralari markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilib, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bu markaz faoliyatini boshqarish va davlat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. “Yagona darcha” markazlari tomonidan 16 turdagi ruxsatnomalarni bir joyning o‘zida rasmiylashtirish amaliyoti turli sansolarliklarning oldini olib, ishbilarmonlarning vaqti va mablag‘ini tejayotganidan tadbirkorlar juda mamnun.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatish mexanizmi yanada takomillashtirilayotgani “Yagona darcha” markazlarini xususiy sektorning ishonchli tayanchi va suyanchiga aylantirmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun talab yuqori bo‘lgan 86 turdagi qo‘shimcha ruxsatnoma va litsenziyalarni “Yagona darcha” markazi orqali rasmiylashtirish mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etilayotir.

Xususiy sektorning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani Surxondaryo viloyatida zamonaviy sanoatni rivojlantirish uchun qulay muhit, keng imkoniyat yaratmoqda. Bu mahalliy xomashyodan raqobatbardosh, sifatli, arzon oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, charm-poyabzal, yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish ko‘lami va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 10 mingdan ortiq kichik biznes subyekti ro‘yxatga olingan. Yalpi hududiy mahsulotda kichik biznesning ulushi 75,3 foizga yetdi. Bu ko‘rsatkich qurilish ishlarida 87,3, jami xizmatlarda 78,3, sanoat mahsulotlarida 44,5 foizni tashkil etmoqda.

Qarorda davlat xizmati ko‘rsatish sifati va samaradorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilab berilgani sohada turli byurokratik to‘siqlar va rasmiyatchilikning vujudga kelishiga chek qo‘yadi. Davlat xizmatlarining ochiqligini ta’minlaydi. Hududiy mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda kichik biznesning ulushini yanada oshiradi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining birinchi choragidan ishga tushirilayotgan “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi ham tadbirkorlar uchun yanada qulaylik bo‘ladi. Bu tegishli davlat organiga bormasdan turib, “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olish, ruxsatnoma va litsenziya olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek, ruxsatnoma va litsenziya reyestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanish uchun qulay sharoit yaratadi. “Yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmati bo‘yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni va natijasini, qayerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatish imkonini beradi. Natijada xususiy sektor vakillarining davlat idoralariga ishonchi mustahkamlanib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qo‘shimcha rag‘bat uyg‘otadi. Mahalliy xomashyodan eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko‘plab yangi korxonalar tashkil etiladi.

Ayni paytda “Komfort Inert Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati Termiz shahrida granit va gabbro toshlardan qurilishbop pardozlash plitalari, “Termiz ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘o‘zapoya va qamishdan DSP, “Huashen Silkworm Pro” qo‘shma korxonasi Angor tumanida ipak qurti urug‘i tayyorlash, “Termiz Agro Fish Eksport” agrofirmasi Termiz tumanida baliq yetishtirish va qayta ishlash kabi yirik loyihalarni amalga oshirayotgani ham mamlatimizda xususiy sektorga ko‘rsatilayotgan e’tibor va qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani samarasidir.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan “Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish bekor qilinadi. Berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bevosita “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olinadi. Bunday keng qamrovli chora-tadbirlar tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmati ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga ko‘tarib, milliy iqtisodiyotimizni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy totuvlikni yanada mustahkamlab, yurtimizda tinchlik, barqarorlik va oilalar obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yagona darcha” – tadbirkorlar suyanchi