O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Toshbozorsavdo” uyushmasi hamkorligida “Eng namunali dehqon bozori” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, Xotin-qizlar qo‘mitasining bozorlar hamda oliy ta’lim tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari F.Abdurahimova va boshqalar poytaxt dehqon bozorlari faoliyati izchil tartibga solinib, ularda xizmat ko‘rsatish tizimi zamon talablariga moslashtirilayotganini ta’kidladi.

Istiqlol yillarida yurtimiz ko‘rki, dasturxonimiz to‘kinligi ramzi bo‘lgan bozorlar qiyofasi tubdan o‘zgardi. Prezidentimiz Islom Karimovning 1996-yil 5-martda qabul qilingan “Bozorlarning faoliyatini tashkil etishni va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va boshqa qator hujjatlar bu borada dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur hujjatlarga muvofiq bir qator bozorlar yangidan qurildi. Zamonaviy usulda bunyod etilgan dehqon bozorlarida sotuvchiyu xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bozorlar nafaqat savdo-sotiq qiladigan, balki ozodaligi, ko‘rkamligidan bahra oladigan obod go‘shalarga aylandi. Shu bois 2012-yildan buyon Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan poytaxt bozorlari o‘rtasida “Eng namunali dehqon bozori” ko‘rik-tanlovio‘tkazib kelinmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda “Toshbozorsavdo” uyushmasi tizimidagi yigirmata bozorda sotuvchilarning kiyinish va muomala madaniyati, bozor rastalari orastaligi, hududning sanitariya holati hamda radiouzel xizmatining sifati o‘rganildi. “Aviasozlar dehqon bozori” birinchi o‘ringa, “Qoraqamish dehqon bozori” ikkinchi o‘ringa, “Askiya dehqon bozori” uchinchi o‘ringa munosib deb topildi. Rag‘batlantiruvchi o‘rin “Bekto‘pi” savdo majmuasiga nasib etdi.

– Xalqimizning madaniyati va turmush darajasi bozorlarimizdagi to‘kin-sochinlik, ozodalik, muomala va narx-navoda yaqqol namoyon bo‘ladi, – deydi “Qoraqamish dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati direktori Ma’ruf Musajonov. – Bozorimizda xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya yumushlari amalga oshirildi. Sifatli mahsulotlar bilan arzon narxlarda savdo qilinishini ta’minlash uchun “Elga xizmat” sho‘ba korxonasi doimiy faoliyat ko‘rsatayotir. Ayni kunlarda Navoiy viloyati dehqon-fermerlarining mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilgani aholiga manzur bo‘lmoqda.

G‘oliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizning eng namunali bozorlari