Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.11.2017 19:16 Chop etish versiyasi

Xorijlik ishbilarmonlar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida

Xorijlik ishbilarmonlar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari va bir guruh mahalliy tadbirkorlar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

3 (1).JPG

Ushbu erkin iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilmoqda. Erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish, pirovardida aholi daromadi va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi uchun 709 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda ma’muriy bino, logistika markazi qurish, elektr-energiyasi, suv, tabiiy gaz va aloqa ta’minoti ishlari amalga oshirilmoqda. Zonaga keladigan 19 kilometr uzunlikdagi avtomobil va temir yo‘l infratuzilmasini barpo etish ham ko‘zda tutilgan. Shu kunga qadar 18 yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlab yuborildi.

12 (1).JPG

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yanada qulay sharoit va imtiyozlar ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda chet ellik ishbilarmonlar uchun ham ko‘plab imtiyozlar yaratilgan. Shu bois Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya sarmoyadorlarida bu katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlarning “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuvi hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi.

– O‘zbekistonda biznes yuritish uchun qulay sharoit va investitsiyaviy muhit yaratilgan, – deydi Koreya Respublikasi Kichik va o‘rta biznes federatsiyasi raisi o‘rinbosari Li Xong Vu. – Ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilgani hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida ham kelgusida O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari hamkorligida ko‘plab loyihalar amalga oshirilishiga ishonaman.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
2 563






Все о погоде - Pogoda.uz