Farg‘ona viloyatida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘ona viloyatida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududiy investitsiya dasturiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 139,9 milliard so‘mlik investitsiya jalb etilib, 43 istiqbolli loyiha amalga oshirildi.

Prezidentimizning shu yil 21-iyundagi "Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari va korxonalar tomonidan meva-sabzavotlar eksportini oshirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 360 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi, 120 dan ortiq mahsulotlarning eksport qilinishi o‘zlashtirildi, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, yengil avtomobillar va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlarning eksport hajmi sezilarli darajada ortdi.

Dang‘ara tumanida o‘z mahsuloti bilan xalqaro bozorda mustahkam o‘rin egallayotgan korxonalar ko‘p. Bir paytlar sanoati qoloq bo‘lgan tumanda 10 dan ortiq eksport qiluvchi korxona faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 2 million dollarlik mahsulot xorijga sotildi. Bunda “Musavarteks” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi, “Imkon”, “Milord-N”, “Chinobod parranda”, “Aziya china shoys” kabi korxonalarning alohida o‘rni bor.

“Imkon” ishlab chiqarish korxonasining eksport salohiyati yildan-yilga ortmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada plastmassa mahsulotlari ishlab chiqariladi.

– Mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash va eksport uchun qo‘shimcha omillar yaratishda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingani, eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratilib, soliq imtiyozlari berilayotgani faoliyatimizni yuksaltirishda muhim omil bo‘layotir, – deydi “Imkon” ishlab chiqarish korxonasi rahbari Abbos Xolmirzayev. – Ana shu imkoniyatlardan keng foydalanib, xorijlik buyurtmachilarga xalqaro talablarga mos mahsulotlar tayyorlab bermoqdamiz. Joriy yilning o‘tgan davrida 250 ming dollarlik mahsulot eksport qildik.

Muxtasar aytganda, qishloq hududlarida tashkil etilayotgan sanoat korxonalari joylarda bandlikni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan birga, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ham xaridorgir mahsulotlar