O‘zA O`zbek

01.09.2018 11:57 Chop etish versiyasi

Xoʻjalik uzumzorida

Xoʻjalik uzumzorida
Xalqimizda, “Toʻqsonga borsang ham tok ek, yuzga yetguncha uzumini yeysan”, degan naql bor. Shu naqlga amal qilgan navoiylik sohibkorlar uzumchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Xatirchi tumanidagi “Eson Tursun bogʻlari” fermer xoʻjaligi paxta va gʻalla yetishtirish bilan birga, 3 gektar maydonda uzumchilik bilan ham shugʻullanadi. Xoʻjalikda uzumning mahalliy sharoitga mos “Oq kishmish”, “Qora kishmish”, “Husayni” va “Maska” navlari parvarishlanadi. Oʻtgan yili tokzordan 15 tonna hosil olindi. Uning 2 tonnasi quritilib, mayiz holida aholi dasturxoniga tortiq qilindi.

2.jpg

Sohibkorlar kelgusida tokzorlarni kengaytirishni hamda xoʻjalik qoshida sharbat va shinni tayyorlash tarmogʻini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

Siroj Aslonov (surat), OʻzA
2 353