O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Xitoydagi ko‘rgazmada Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari ham qatnashmoqda

Xitoydagi ko‘rgazmada Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari ham qatnashmoqda

Avval xabar berilganidek, Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan Import mahsulotlari ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasida mamlakatimiz delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda. 

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, “Hunarmand”, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zcharmsanoat” va boshqa qator uyushmalar, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zdonmahsulot” va “O‘zbekneftegaz” jamiyatlari hamda o‘ndan ziyod tarmoq kompaniya va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari qatnashayotgan mazkur ko‘rgazmada Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutasaddilari ham bor. Bu haqda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

– Bunday ko‘rgazmalarda ishtirok etishning muhim tomoni shundaki, bir joyning o‘zida ko‘plab xorijiy davlatlar farmasevtika sohasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirayotgani, innovatsion yondashuvlar joriy etayotgani bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ladi, – deydi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov. – Bizning maqsadimiz esa zarur amaliyotlarni o‘rganib, o‘z yurtimizda eng saralarini qo‘llashdir. 

Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada 255 mamlakat va 26 xalqaro tashkilot vakillarining 64 ta milliy pavilonda o‘z mamlakatlari va tashkilotlari mahsulotlari namoyish etilmoqda. 

563
M.QOSIMOVA, O‘zA