O‘zA O`zbek

24.09.2018 Chop etish versiyasi

Xitoy metan gaz importini oshirmoqda

Xitoy metan gaz importini oshirmoqda

“Vesti.ru”ning rasmiy manbalarga tayanib qayd etishicha, Xitoy yil boshidan buyon siqilgan tabiiy gaz (STG) importini 47,8 foizga (32,63 million tonna) oshirgan. 

Oʻtgan yilda Xitoy STB sotib olish boʻyicha Janubiy Koreyani quvib oʻtib, dunyoda ikkinchi oʻringa chiqqan edi. Xalqaro energetika agentligi prognoziga koʻra, kelgusi 2019 yilda mazkur mamlakat STG importi boʻyicha Yaponiyani ortda qoldirib, birinchi oʻringa chiqishi ham mumkin. Agentlikning yana bir ehtimolicha, 2030 yilda Xitoy sotib oladigan SPT hajmi 171 milliard kub metrga yetadi. 2050 yilga kelib esa bu koʻrsatkich yiliga 520 milliard kub STGni tashkil etadi. 

Eslatib oʻtamiz, bugundan Xitoy AQSHning 60 milliardlik mahsulotlari, shu jumladan STGga ham 10 foizlik boj joriy qildi.

2 545
Malohat Husanova, OʻzA