Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 12:30 Chop etish versiyasi

Xaridorgir poyabzallar

Xaridorgir poyabzallar Samarqand tumanidagi "Amir-ul-Baxr" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan poyabzal mahsulotlari yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Tabiiy charmdan tayyorlanayotgan 300 turdan ortiq mahsulot ichki bozorga yetkazib berilishi bilan bir qatorda xorijlik hamkorlar tomonidan ham xarid qilinayotir.

Mamlakatimizda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar korxona faoliyatini kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Prezidentimizning 2016-yil 15-sentabrdagi “2016-2020-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi imkoniyatlarni kengaytirdi.

– Zamonaviy texnologiyalar yordamida oyiga 7 ming juft poyabzal ishlab chiqarmoqdamiz, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Salohiddin Fazliyev. – “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi ko‘magida joriy yilning ikkinchi choragida qo‘shimcha zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari olib kelishni rejalashtirganmiz. Natijada 30 ga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi va yuzdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi.

2016-yilda 2 milliard so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqargan korxona joriy yil uchun 6 milliard so‘mlik buyurtma portfelini shakllantirgan. Bugungi kunda buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha jadal sur’atda ish olib borilmoqda. Shuningdek, 2017-yilda o‘tkaziladigan mahalliy va xalqaro sanoat ko‘rgazmalarida ishtirok etishga ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 017






Все о погоде - Pogoda.uz