Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 14:17 Chop etish versiyasi

Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida ochiq dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Janubiy Koreya forumi boshlandi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya Respublikasining IT-sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) hamkorligida tashkil etildi. Unda ikki mamlakatning aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish kabi qator sohalarga ixtisoslashgan kompaniya va idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, ishbilarmonlar, olimlar, nufuzli ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Ikki kun davom etadigan forumda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar ishtirokida ochiq kodli dasturlarni jamiyat rivojida qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba, erishilgan yutuqlar muhokama qilinadi.

Ulugbek Shonazarov, O‘zA
1 937






Все о погоде - Pogoda.uz