Navro‘zi olam shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda Buxoro viloyatida yana bir yirik bunyodkorlik loyihasi amalga oshirildi. O‘zbekiston milliy avtomagistrali tizimidagi Qorovulbozor tumani orqali o‘tuvchi G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov xalqaro yo‘lidagi viloyatlararo Amu – Buxoro mashina kanali ustida barpo etilgan yangi zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturiga kirgan ushbu obyektda “Qashqadaryo ko‘prik xo‘jalik ixtisoslashtirilgan saqlash ta’mirlash va foydalanish” boshqarmasi jamoasi tomonidan 11 milliard 800 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Ko‘prikni foydalanishga topshirish marosimida mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqida muhim o‘rin tutuvchi yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, xalqaro ahamiyatga ega o‘zbek milliy avtomagistralini jahon andozalari asosida rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ko‘prik avvalgisiga nisbatan uch barobar keng bo‘lib, eni 27, uzunligi 72 metrni tashkil etadi. To‘rt polosali yo‘ldagi yangi ko‘prikning o‘tkazish qobiliyati, harakat xavfsizligini ta’minlash darajasi keskin oshdi. Inshootning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar barpo etilgan.

– Xalqaro ahamiyatdagi ushbu avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari davom ettiriladi, – deydi “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori o‘rinbosari Sh.Egamov. – Investitsiya dasturi doirasida yangi ko‘prikning ikki tomonidagi avtotrassaning 5 kilometrlik qismi qayta quriladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro avtomagistralda zamonaviy ko‘prik