O‘zA O`zbek

25.08.2018 16:09 Chop etish versiyasi

Xalq bankining Angren filiali yangi binoda ish boshladi

Xalq bankining Angren filiali yangi binoda ish boshladi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aholiga bank xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, soʻnggi yillarda respublikadagi mavjud barcha tuman va shahar filiallarini zamonaviy qiyofada, toʻliq qayta taʻmirlab, foydalanishga topshirib kelmoqda.

14162977671-720x320.jpg
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 23-mart kuni “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori dasturiamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Bugun Xalq bankining Toshkent viloyati Angren filiali ana shunday zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Toʻliq yangidan qad rostlagan bank binosi qurilishiga 3,9 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Zamonaviy bino toʻliq yangi mebel jihozlari bilan taʻminlandi.

Eʻtiborlisi, binoga kiraverishdagi militsiya posti oʻrniga, mijozlarga maslahat beruvchi Resepshn xizmati tashkil etilgan. Bu yerda bank mutaxassisi mijozlarga maslahatlar, savollariga javoblar beradi. Bir soʻz bilan aytganda ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qoʻyiladi.

Shuningdek, bankda tadbirkorlar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida xizmat koʻrsatish joylari tashkil etilgan.

Shu kuni Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan oʻtkazilgan “Qadimiy Buxoro” tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasida “Spark” avtomobili gʻolibi boʻlgan Angrenlik fuqaroga yutuq topshirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

– Kommunal toʻlovlarni toʻlash uchun bankka borib, ikki dona “Qadimiy buxoro” lotereyasidan olgan edim, – deydi omadli yurtdoshimiz Malikaxon Mamadiyeva. - Ochigʻi, toʻrt ming soʻmga “Spark” yutib olish hayolimga ham kelmagan edi. Bundan barcha yaqinlarim xursand boʻlishdi. Mening quvonchim esa cheksiz.

96246ee3-2656-434d-862f-03191a753a76.jpg

Xalq banki lotereyalari rostdan ham orzoʻlarni roʻyobga chiqarar ekan. Men bunga chindan amin boʻldim.

Xalq banki mahalliy turizmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida tashkil etilgan ushbu tirajli, pul-buyum yutuqli lotereyada respublikamizda ishlab chiqarilgan 4 ta avtomobil, Buxoroga 2 kishilik va 1 kishilik jami 100 ta sayyohlik yoʻllanmalari va 2000 soʻmdan 5 million soʻmgacha boʻlgan pul yutuqlaridan iboratjami 99 200 ta yutuq oʻz egalarinitopdi.

Darhaqiqat,yurtimizda Xalq banki tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida mijozlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Foydalanishga topshirilayotgan mazkur filialning zamonaviy qiyofa kasb etishi aholiga va mijozlarga yanada sifatli bank xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini yaratmoqda.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida 

OʻzA
2 970