O‘zA O`zbek

16.04.2019 11:37 Chop etish versiyasi

Xalq banki pensionerlar uchun “Overdraft” kartalarini ishga tushirdi

Xalq banki pensionerlar uchun “Overdraft” kartalarini ishga tushirdi


Gap shundaki, aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Overdraft” “Pensiya karta”lari pensiya oluvchi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, bepul va besh yil muddatga ochib beriladi.

Ushbu karta orqali barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish va naqd pul mablag‘larini yechish mumkin. Qulayligi, Xalq bankining kassalari va bankomatlaridannaqd pul yechish esa mutlaqobepul amalga oshiriladi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu kartani ochgan mijozlarga pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar, bank hisobidan oylik pensiyaning 50 foizigachaqismi har oyda 1,6 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi. Asosiysi, ushbu foizlar faqatgina ishlatilgan mablag‘ uchun to‘lanadi.

главний.jpg

– Yurtimizning ta’lim sohasida 30 yildan ortiq faoliyat yuritib, ayni paytda qarilik gashtini surib kelayapman, – deydi mirobodlikShavkat bobo Uzoqov. – Yaqinda Xalq banki xodimlari mahallamizga kelib, “Overdraft” kartalari haqida ma’lumot berishdi. Menga ma’qul bo‘ldi, mahallaning o‘zida ushbu karta olish haqida ariza to‘ldirdim. Tezda menga Overdraft kartamni olib kelib berishdi. Endi pul zarur bo‘lsa, pensiya tushishini kutib o‘tirmaydigan bo‘ldim. Barcha pensionerlarga bu xizmatdan foydalanishni tavsiya qilaman.

Ayni paytda Xalq banki tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanida sinov tariqasidayo‘lga qo‘yilgan ushbu yangi tizim, tez orada respublikamiz bo‘ylab joriy etiladi.

Bank axborot xizmati


O‘zA
456