O‘zA O`zbek

20.07.2020 Chop etish versiyasi

Xalq banki Oʻzbekistonga investitsiya jalb qilmoqda

Xalq banki Oʻzbekistonga investitsiya jalb qilmoqda

Butun dunyoda pandemiya davom etyapti. Sir emas, ayni paytda aksariyat davlatlar iqtisodiyoti tang ahvolda. Bunday paytda birov birovga pul berishi qiyin masala. Katta miqdordagi kreditni-ku gapirmasa ham boʻladi.

Ammo shunday qiyin sharoitda ham Xalq banki bu borada aniq natijalarga erishayotgani eʼtirofga molik. Yaqinda bank AQSHning “Cargill Financial Services International, Inc.” moliya kompaniyasidan 50 million AQSH dollari miqdorida kredit jalb qildi.

Albatta, bunda Xalq bankining barqaror ish olib borayotgani va birinchi yarim yillikni katta foyda bilan yakunlagani AQSH kompaniyasi ishonchiga asosiy sabab boʻldi.

Endi tadbirkorlar “Cargill Financial Services International, Inc.” kredit liniyasining mablagʻlari bilan mamlakatimizning istalgan hududida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishlari mumkin.

Batafsil: https://t.me/xalqbankinfo/1111

11 350
O'zA