O‘zA O`zbek

06.10.2019 Chop etish versiyasi

Xafta davomida sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻyicha 84 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Xafta davomida sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻyicha 84 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 64 ta obyekt 27 mlrd. 294,6 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 84 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi. Bu haqida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati maʼlum qildi.

photo_2019-10-06_20-29-33.jpg

Shuningdek, xabarda davlat mulki obyektlari savdosi yuzasidan ham maʼlumot keltirilgan. Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 4 ta davlat mulki obyekti 1 mlrd. 420 mln. soʻm investitsiya kiritish, 55 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 5,0 mln. soʻmga sotilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirilmoqda. Jumladan, ushbu haftada 120 ta obyekt savdoga chiqarildi va 72 ta obyekt realizatsiya qilindi.