O‘zA O`zbek

03.09.2020 Chop etish versiyasi

Valyuta operatsiyalarining yangi qoidalari qabul qilindi

Valyuta operatsiyalarining yangi qoidalari qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlum qilishicha, “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” tasdiqlangan. 

Unga koʻra, valyutani tartibga solish sohasidagi tartibotlar soddalashtirilib, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normalar bekor qilindi.

Shu bilan birga, amaldagi meʼyoriy hujjatlarni unifikatsiya qilish maqsadida 5 ta normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

Ushbu hujjat bilan, tijorat banklari rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi, ichki valyuta bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektlar chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilandi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish tartibi, tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va olib kirish tartibi belgilandi.

25 027
O'zA