O‘zA O`zbek

01.06.2020 Chop etish versiyasi

Uyni orzu qilishdan charchamadingizmi? Ipoteka kreditidan foydalaning!

Uyni orzu qilishdan charchamadingizmi? Ipoteka kreditidan foydalaning!


ATB “Qishloq qurilish bank”orzularingiz roʻyobga chiqishiga yordam beradi.

Bank birlamchi bozordagi (yangi qurilgan) uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka krediti taklif etadi.

Kredit muddati – 20 yil;

(ajratiladigan kreditni qaytarilishida annuitet usuli tadbiq etiladi)

Boshlangʻich toʻlov:

Qishloq joylarda – 10 foiz;

Shahar joylarda – 20 foiz;

Ipoteka kreditining maksimal miqdori quyidagicha belgilanadi:

- Qishloq joylarda:

2 xonali kvartiralar uchun- 240 mln soʻmgacha;

3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun- 320 mln soʻmgacha;

- Shaharlarda :

2 xonali kvartiralar uchun- 240,0 mln.soʻmgacha

3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun - 320,0 mln soʻmgacha;

- Toshkent shahrida:

2 xonali kvartiralar uchun- 264 mln. soʻmgacha;

3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun- 352 mln soʻmgacha.

Sotib olinadigan kvartiraning qiymati kredit oluvchi fuqaro tomonidan toʻlanadigan boshlangʻich badal mablagʻi va bank tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻladi.

Ipotekakrediti uchun foiz toʻlovlari:

Qishloq joylarda – 18 foiz;

Shahar joylarda – 18-20 foiz;

Toshkent shahrida – 20 foiz.

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

1) kredit ajratilishi yuzasidan ariza;

2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining (harbiy guvohnoma) nusxasi;

3) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

4) sotib olinadigan kvartira qiymatining 10/20 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlangʻich badal mablagʻlarini shakllantirilganligini tasdiqlovchi xujjat;

5) Uy-joy qurgan pudrat tashkiloti bilan kvartirani sotib olish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma.

Eʼtibor bering, birlamchi uy-joy bozori bu– yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek yangi tartib doirasidan tashqari foydalanishga topshirilgan sanadan koʻpi bilan ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobidan boʻlgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni taklif etuvchi bozordir.

Shuningdek, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka krediti ajratilishiga ruxsat beriladi. Bunda fuqarolar bank ishtirokisiz birlamchi bozorda kvartira sotib olishni oʻzlari mustaqil tanlaydilar.

Taʼkidlashjoizki, ikkilamchi bozorda uy-joy xarid qilish uchun ushbu kredit tadbiq qilinmaydi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

Telefon: (78) 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz


12 764
O'zA