2017-2018-yillarda bu yerda 281,1 million dollarlik 80 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan va buning camarasida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Ayni paytda 50 ga yaqin loyiha tasdiqlanib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida 816 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

O‘tgan vaqt mobaynida erkin iqtisodiy zona direksiyasi faoliyat boshlab, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar ishlab chiqildi. 2017-2018-yillarda bu yerda 281,1 million dollarlik 80 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan va buning camarasida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Ayni paytda 50 ga yaqin loyiha tasdiqlanib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan 39 tadbirkorlik subyektiga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi.

Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, viloyat bojxona, moliya boshqarmalari va boshqa mutasaddi idoralar mas’ul xodimlari erkin iqtisodiy zonaning afzalligi, unda tadbirkorga yaratiladigan imkoniyatlar, davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va yengilliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, iqtisodiy zonada amalga oshiriladigan loyihalar, ularni tanlash va tasdiqlash jarayoni tushuntirildi.

– 2018-yildan faoliyatimizni boshlab, yiliga 2,5 million dona energiya tejamkor, zamonaviy LED lampochkalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz, – deydi “Maroqand kabel invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori O‘.Obloyorov. – Umumiy qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘ va bank krediti ajratilgan. 40 dan ziyod ish o‘rni yaratiladigan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozor ehtiyojini qondirish bilan birga, xorijga eksport qilinadi. Bugun topshirilgan guvohnoma bizga erkin iqtisodiy zonada imtiyozlardan samarali foydalanib, faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi.

Tadbirda iqtisodiy zonada faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi o‘z faoliyatini boshladi