Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi bilan birga ularni kelgusida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jizzax politexnika institutida o‘kazilgan “Karera kuni – 2017” tadbiri ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tashkilot, korxona, muassasa va tadbirkorlik subyektlari vakillari, institut professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talabalar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida malakali yosh mutaxassislar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Jizzax politexnika institutini joriy yilda 20 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mingdan ziyod yosh tamomlaydi. Institutni bitirib chiqayotgan muhandis-mexanik, muhandis-quruvchi, muhandis-texnolog kabi mutaxassislarga mamlakatimiz korxonalarida talab yuqori.

Viloyatdagi 61 yirik korxona 500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etgan tadbirda birgina “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan 300 dan ortiq ish o‘rni taklif qilindi.

– “Karera kuni” tadbirida Jizzax shahridagi “Evroplastservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan mehnat shartnomasi imzoladim, – deydi institut bitiruvchisi G‘ayrat Ravshanov. – Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan korxonada ishchilarning unumli mehnat qilishi, maroqli dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani menga ma’qul bo‘ldi. Shunday korxonada ishlash mening orzuim edi.

Tadbirda 300 ga yaqin yosh mutaxassis sanoat, qurilish, ijtimoiy soha va tadbirkorlik subyektlari bilan mehnat shartnomalari imzoladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch yuzga yaqin yosh mutaxassis ishli bo‘ldi