Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning belgilangan me’yorlariga ko‘ra, video va audio apparaturalarning har biridan 1 donadan, ammo 3 tadan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirilishiga ruxsat etiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning belgilangan me’yorlariga ko‘ra, video va audio apparaturalarning har biridan 1 donadan, ammo 3 tadan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirilishiga ruxsat etiladi. Xususan, belgilangan miqdordan ortiqcha bo‘lgan uyali aloqa vositalari (telefonlar) va tyunerlarni mamlakatimizga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

2017-yilning o‘tgan davrida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 1000 dan ortiq bojxona qoidabuzarligi natijasida qiymati salkam 8,2 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar noqonuniy olib o‘tilishining oldi olingan.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Arab Amirliklaridan uchib kelgan fuqarolar Mahmud va Botir Usmonovlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tomonidan ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘ydi.

Xususan, Mahmud Usmonov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, noutbuk, televizor, tyuner, planshet, elektron qo‘l soati, smartfon kabi 20 donadan ortiq texnika vositasini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan. Ushbu tovarlar orasidagi 2 dona tyunerni ko‘zdan kechirish chog‘ida ularning ichiga 5 turdagi 44 dona smartfon yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan yuqoridagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy bahosi 233 million so‘mdan oshadi.

Ayni shu reys bilan uchib kelgan Botir Usmonov ham qing‘ir rejalarini amalga oshirolmadi. Ushbu yo‘lovchi noqonuniy yo‘l bilan 17 texnika buyumini olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu shaxsdan olingan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 120 million so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublika Jinoyat kodeksining tegishli bandlariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tyunerlarga yashirilgan smartfonlar