Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.11.2017 15:34 Chop etish versiyasi

“Turon eco cement group” korxonasida ishlab chiqarilayotgan sementga talab ortmoqda

Qurilish materiallari bozoriga tushsangiz, mahsulotlarning ko‘pligi, xilma-xilligini ko‘rib quvonasiz. Tanlash imkoniyati juda katta. E’tiborlisi, taklif etilayotgan qurilish materiallarining aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan.

Farg‘ona viloyatida ham joriy yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yuzdan ziyod istiqbolli loyiha amalga oshirildi.

Farg‘ona tumanidagi “Chimyonforum”, Farg‘ona shahridagi “Moderna keramik indastriz”, Quvasoy shahridagi “Kvars”, “Farg‘ona sement” kabi ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan sement mahsulotiga talab kundan kunga ortmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan jamiyatda kuniga 350 tonna sifatli qurilish mahsuloti tayyorlanadi. 150 ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada mahsulot laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, sifati muntazam nazorat qilib boriladi. Eng muhimi, mahsulot uchun zarur xom ashyoning asosiy qismi korxona tasarrufidagi konlardan olinadi. O‘tgan yil bu yerda 7 milliard 800 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 milliard so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

– Mahsulotimiz sifatiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi jamiyat rahbari Avazbek Turdiyev. – Shuning uchun unga bo‘lgan talab ortmoqda. Ayni paytda 15 million dollarlik kredit evaziga kuniga 2 ming 500 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi sexni qurish ishlari boshlandi. Bu qo‘shimcha mingta ish o‘rni yaratish va mahsulotimizni eksport qilish imkonini beradi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
3 189






Все о погоде - Pogoda.uz