Toshkentda Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ish boshladi
Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» har qachongidan ham gavjum. Boisi 15 sentyabr kuni bu yerda ish boshlagan ko‘rgazma ishtirokchilari xalqimiz bilan ko‘p asrlik qardoshlik va do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan bo‘lsa, namoyish etilayotgan mahsulotlar birodar qozoq xalqining keyingi chorak asrda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan bevosita tanishish imkoniyatini taqdim etdi.
Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» har qachongidan ham gavjum. Boisi 15 sentyabr kuni bu yerda ish boshlagan ko‘rgazma ishtirokchilari xalqimiz bilan ko‘p asrlik qardoshlik va do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan bo‘lsa, namoyish etilayotgan mahsulotlar birodar qozoq xalqining keyingi chorak asrda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan bevosita tanishish imkoniyatini taqdim etdi.Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasida qo‘shni mamlakatning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ellikka yaqin kompaniyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari N.Otajonov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari keyingi paytlarda jadal rivojlanib borayotgani, bunda davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Joriy yil mart oyida Ostonada o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi hamda Toshkent shahrida tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari uchun muhim biznes maydonchasi vazifasini o‘taydi.
– So‘nggi yarim yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 35 foizdan oshgani mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada faollashtirish uchun yetarlicha imkoniyatga ega ekanidan dalolat beradi, – deydi Qozog‘iston Respublikasi investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek. – Joriy yilning oxiriga qadar tovar aylanmasini ikki milliard dollargacha yetkazish rejalashtirilmoqda.
«AllurGroup» avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentevning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasida avtomobilsozlik yo‘nalishida hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi «GM Uzbekistan» avtomobillarining Qozog‘istonda yanada ommaviylashishiga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmada Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalari keng namoyish etilmoqda. Bir necha rusumdagi «Peugeot», «Lada» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, «JAC» elektromobillari tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etilgan.
Ta’kidlash kerakki, ko‘rgazma O‘zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar qozog‘istonlik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otganini namoyish etdi.
– Qozog‘iston va O‘zbekiston an’anaviy savdo hamkorlar hisoblanadi, – deydi «Kazakh Invest» kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari Meyrjan Maykenov. – So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish, import tovarlarga aksiz soliqlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, shubhasiz, qozog‘istonlik tadbirkorlarni mamlakatingiz biznes doiralari bilan faol hamkorlikka undaydi.
– O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish yo‘nalishida olib borayotgan tizimli ishlari bizga ulkan imkoniyatlar yaratmoqda, – deydi «Jasampaz» konsorsiumi kuzatuv kengashi raisi Gulmira Uaxitova. – Xususan, konsorsium atrofida birlashgan 30 ga yaqin korxona kiyim-kechaklar ishlab chiqish uchun ip-kalava mahsulotlarini xorijdan keltirmoqda. Mamlakatingiz rahbariyati tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, endlikda biz mazkur xomashyoni O‘zbekistondan xarid qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Ekspozitsiyaning alohida bo‘limida Qozog‘iston ilmiy-texnik ishlanmalari, ilm-fanda erishilayotgan yutuqlar, innovatsion texnologiyalar namoyish etilmoqda. Ular orasida ta’lim va tibbiyot yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan Nazarboyev universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi, «Kazakhstan Engineering» kompaniyasi stendlari ko‘pchilikning e’tiborini jalb etmoqda.
Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi iqtisodiyotning turli sohalarida hamjihatlikni mustahkamlashga va o‘zaro tovar aylanmasini 2020 yilgacha 5 milliard dollarga ko‘tarishga qaratilgan sa’y-harakatlarning tarkibiy qismi sifatida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov qatnashdi.