O‘zA O`zbek

17.03.2020 Chop etish versiyasi

Toshkent xalqaro sanoat koʻrgazmasiga Turkmanistondan ham kelishadi

Toshkent xalqaro sanoat koʻrgazmasiga Turkmanistondan ham kelishadi

Turkmaniston biznes doiralari vakillari joriy yil 10-12-noyabr kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan Xalqaro sanoat koʻrgazmasida ishtirok etishni rejalashtirishdi. Bu haqda turkmenportal.com Turkmaniston axborot portali xabar bergan.

Mazkur koʻrgazma “INNOPROM” deb nomlangan mashhur xalqaro koʻrgazmaning Markaziy Osiyodagi koʻrinishi sifatida tobora jahonga yuz ochayotgan mintaqa bozorini yana-da rivojlantirish uchun oʻziga xos maydon boʻlib xizmat qiladi.

Xilma-xil sanoat mahsulotlari, koʻplab yangi biznes loyihalari namoyish etiladigan ushbu tadbirga 4 000 dan ziyod ishtirokchi tashrif buyurishi kutilyapti.

Markaziy Osiyodan tashqari koʻrgazmada Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo davlatlar, shuningdek Xitoy, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya singari mamlakatlardan ham vakillar ishtirok etish istagini bildirishgan.

Koʻrgazmadan transport, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish mashinasozligi, ishlab chiqarish uskunalari, avtomatlashtirish texnologiyalari, metallurgiya, togʻ-kon, kimyo sanoati, issiqlik-¬energetika majmualari boʻlimlari joy oladi.

4 406
OʻzA