Milliy matbuot markazida metropoliten infratuzilmasini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida transport sohasi, jumladan, metropolitenni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz transport tizimida muhim o‘rin tutadigan Toshkent metropoliteni qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalaridan iborat Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi. Ushbu transport xizmatidan har kuni 160-180 ming kishi foydalanadi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-martdagi farmoyishiga muvofiq, metropoliten faoliyatini takomillashtirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, Chilonzor liniyasida tashqi ko‘rinishi yangilangan poyezd foydalanishga topshirildi. «Toshkent metropoliteni» mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, korxona poyezdlarni modernizatsiya qilish maqsadida Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodi bilan shartnoma tuzgan. Shartnomaga muvofiq, kapital ta’mirlash ishlaridan so‘ng oltita vagonning nafaqat tashqi, balki ichki ko‘rinishi ham yangilandi. Elektrik, pnevmatik va mexanik uskunalar to‘liq almashtirildi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida vagonlar saloni yong‘in xavfining oldini oladigan materiallar bilan qoplandi va yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish tizimi o‘rnatildi. Vagonlardan foydalanish muddati yana 15-yilga uzaytirildi. Joriy yil oxiriga qadar unitar korxona yana bitta yangilangan poyezd harakatini yo‘lga qo‘yadi.

Tadbirda eskirgan relslarni almashtirish ishlari ham davom ettirilayotgani ta’kidlandi. Bugungi kunda Chilonzor liniyasida uzunligi 18 kilometr rels, «Hamid Olimjon» stansiyasida 3 eskalator yangilandi. Metroda optik tolali kabel o‘tkazilmoqda va bu yaqin yillar ichida metropolitenda yo‘l haqini smart-karta yordamida to‘lashga o‘tish imkonini beradi. Ayni paytda «Mustaqillik maydoni» stansiyasida maxsus apparat –dasturiy kompleks sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu tizim metropoliten faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sarf-xarajatlarni kamaytirish va aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Matbuot anjumanida joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan hududiy va tarmoqlararo sanoat forumlarida metropoliten ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilish bo‘yicha qiymati 2,6 milliard so‘mlik 18 shartnoma tuzilgani qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent metropoliteni takomillashtirilmoqda