Poytaxtimizda MDH mamlakatlari metropolitenlari, ushbu transport turi uchun vagon, turli ehtiyot qism va uskunalar ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxonalarini birlashtirgan «Metro» xalqaro assotsiatsiyasi kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda MDH mamlakatlari metropolitenlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalasi muhokama etildi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi A.Sodiqov metroning zamonaviy megapolislarda eng qulay, ishonchli yo‘lovchi tashish vositasi sifatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Mustaqillik yillarida xavfsiz, qulay va yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyati namunasiga aylangan Toshkent metropoliteni «Metro» xalqaro assotsiatsiyasining teng huquqli a’zosi bo‘lib, tashkilot faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirda ayni paytda MDH mamlakatlari metropolitenlari kuniga 16 millionga yaqin yo‘lovchi tashiyotgani, bu boradagi yillik ko‘rsatkich esa qariyb 5 milliard nafarni tashkil qilayotgani ta’kidlandi.

«Metro» xalqaro assotsiatsiyasi bosh direktori I.Ermolenkoning so‘zlariga ko‘ra, barcha metropolitenlar harakat xavfsizligi, yuzaga keladigan nosozliklarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida muntazam ma’lumot almashib turadi. Assotsiatsiya a’zolari yangi texnik ishlanma va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib boriladi. Shu bilan birga, ilg‘or tajribalar yanada ommalashtirilib, har tomonlama o‘rganilmoqda. Majlisda MDH makonida eng yaxshi metropolitenlardan biri bo‘lgan Toshkent metropoliteni erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar haqida fikr almashildi.

Tadbirda «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi boshlig‘i O.Xudoyqulov davlatimiz rahbari tomonidan sohani yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 14-martda qabul qilingan farmoyishiga muvofiq, Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodida metro vagonlarini kapital ta’mirlash, qayta tiklash ishlari amalga oshirilishi tufayli ularning xizmat ko‘rsatish muddati 15-yilga yetkaziladi. Poytaxt metropoliteni esa tez orada tashqi va ichki dizayni yaxshilangan, qulay va yuqori xavfsizlik tizimiga ega yangi vagonlar bilan ta’minlanadi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodi faoliyati bilan ham tanishadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent metropoliteni – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida eng yaxshilardan biri