Sobiq tuzum davrida oila daromadi, oilaviy tadbirkorlik degan tushunchalar yo‘q edi. Mabodo biror kishi bilib-bilmay shunday ishga qo‘l urib qo‘ysa, borar joyi ma’lum edi. Faqat mustaqillik tufayli o‘z erkimizga, o‘z yerimizga ega bo‘ldik.

Sobiq tuzum davrida oila daromadi, oilaviy tadbirkorlik degan tushunchalar yo‘q edi. Mabodo biror kishi bilib-bilmay shunday ishga qo‘l urib qo‘ysa, borar joyi ma’lum edi. Faqat mustaqillik tufayli o‘z erkimizga, o‘z yerimizga ega bo‘ldik. O‘z mulkimizni o‘zimiz xohlagandek tasarruf etish imkoniyati berildi. Xususan, tomorqachilikda o‘ziga xos maktab yaratib, yaxshi daromad topayotgan minglab oilalar farovon hayot kechirmoqda.

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Avval, Chimyon, Log‘on, Kaptarxona, Oqbilol, Xonqiz qishloqlari aholisi ham kaftdek yerdan samarali foydalanib, oilasi farovonligini oshirmoqda, bozorni arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

“Mindonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini ana shulardan biri. Shu mahallada yashovchi To‘xtaxon aya Ergasheva tomorqachilikning hadisini olganlardan. Nafaqada bo‘lsa-da, o‘g‘illaru kelinlari bilan mo‘jazgina ekin maydonidan unumli foydalanib, to‘kin hayot kechirmoqda. Qish-bahor oylarida 2 sotixli issiqxonada bodring, pomidor yetishtiradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tomorqadan olingan bu yilgi daromad 6 million so‘mdan oshdi. Hamjihatlikda qilinayotgan ishlar tufayli oila moddiy farovonlikka erishib, yangi mashinalar olmoqda, to‘y-to‘ylarga ulanmoqda.

Zafarjon Ahmedov tomorqasiga kirgan kishi qalampir yetishtirishning o‘ziga xos usullariga guvoh bo‘ladi. 8 sotix issiqxonadan keladigan yillik daromad 20 million so‘mdan kam emas. Issiqxonadan 3-marta hosil olinadi. Ekinni tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Tomorqachilikda joriy etilgan bu ilg‘or usul mahsulotni yanada arzonlashtirishga xizmat qilmoqda. Yangi xo‘jalikka ko‘chib chiqqan oila halol mehnat bilan ishlab topgan daromadi hisobiga zamonaviy uy-joylar qurmoqda.

–O‘qituvchiman. Bo‘sh vaqtimda farzandlar bilan tomorqada ishlaymiz, – deydi Feruza Xudoyorova. – Gilos, olmadan yaxshi daromad oldik. Qulupnay va malinadan mavsumdagi daromad 15 million so‘mdan oshdi. Mahsulotni bozorda o‘zimiz sotamiz.

– Odamning qo‘li gul, deganlari rost, – deydi “Mindonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Komiljon Bobolimov. – O‘tgan asr o‘rtalarida tosh-shag‘al bo‘lgan bu yerlar mehnat tufayli so‘lim, obod maskanga aylandi. Mahallamizda umumiy 19 gektardan ortiq tomorqa maydoni mavjud. Tomorqada aholi extiyoji uchun kerakli bo‘lgan sabzavot ekinlari, turfa mevalar yetishtirilayotir. 12 xonadonda zamonaviy issiqxona tashkil etilgan. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik tarmoqlari ham rivojlanmoqda.

Mahalla va tijorat banklari hamkorligi qo‘l kelayotir. Xususan, imtiyozli bank kreditlari ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z ishini boshlash istagini bildirgan 100 nafar oilaviy tadbirkorga kerakli xujjatlar to‘plamini shakllantirishga amaliy yordam berildi. Bundan 5-yil avval mahalla fuqarolar yig‘inida 42 kam ta’minlangan oila ro‘yxatga olingan bo‘lsa, hozir ularning soni ikki hissaga kamaygan.

Darhaqiqat, omilkorlik bilan ish yuritayotgan mindonobodliklar hududni obodonlashtirish, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda. Hozirga qadar 3 kilometrlik ichki yo‘l asfaltlandi, 3,5 kilometrdan ko‘proq masofaga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 400 metrdan ortiq elektr tarmog‘i yangilandi. Bularning barchasi mamlakatimizda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa – daromad manbai