Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.07.2018 18:44 Chop etish versiyasi

Tojikistonlik tadbirkorlar ko‘rgazmasi

Tojikistonlik tadbirkorlar ko‘rgazmasi
Termizda Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari R.Choriyev, Xatlon viloyati raisi birinchi o‘rinbosari R.Rajabov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, ayniqsa, keyingi ikki yilda har tomonlama jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning joriy yil 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.

4.jpg

– Ushbu davlat tashrifidan so‘ng Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati tadbirkorlari bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilab oldik, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i B.Mardayev. – Shunga muvofiq, joriy yil 5-6 may kunlari Xatlon viloyatida surxondaryolik tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulot va xizmatlari ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilgan edi. O‘shanda Xatlon viloyati ishbilarmonlari va viloyatimiz tadbirkorlarining biznes forumi o‘tkazildi. Ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi va shartnomalar imzolandi. Qo‘shni viloyat tadbirkorlarining mazkur ko‘rgazma-yarmarkasi ham xatlonlik va surxondaryolik ishbilarmonlar doirasining o‘zaro hamkorlik geografiyasini kengaytirib, savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

15 iyulga qadar davom etadigan ko‘rgazma-yarmarkada Xatlon viloyatining 40 dan ortiq tadbirkorlik subyekti yengil sanoat, qurilish materiallari, dori-darmon, chorvachilik, oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlarini namoyish qilmoqda, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlarini taqdim etayotir.

6.jpg

– Aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifobaxsh giyoh va mevalarni yig‘ib, qayta ishlash bilan shug‘ullanamiz, – deydi Xatlon viloyatidagi “Hazorispand” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari T.Olimov. – Ko‘rgazmaga salomatlik uchun g‘oyatfoydali tut mevasidan tayyorlangan shinni, qadoqlangan tut qoqi, achchiq bodom yog‘i, bahoriy adonis, zirk kabi noyob shifobaxsh giyohlarni olib keldik. Mahsulotlarimiz ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otayotganidan xursandmiz.

Tadbir doirasida ikki viloyat tadbirkorlari o‘zaro hamkorlikni kengaytirishyuzasidan manfaatli shartnomalar tuzadi. “Termez Cargo Centre” logistika markazida bo‘lib o‘tadigan biznes forumda ishtirok etadi. Surxondaryo viloyatidagi zamonaviy korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi. Vohaning tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qiladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
2 058