To‘y bayramga ulanmoqda
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Olmazor massivida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan 15 turar-joy Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida o‘z egalariga topshirildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Olmazor massivida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan 15 turar-joy Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida o‘z egalariga topshirildi.Ushbu uylar “Kushon tezkor qurilish” va “Kosonsoy samo yulduzi” xususiy korxonalari tomonidan qisqa fursatlarda bunyod etildi.
- To‘y to‘yga ulanmoqda, - deydi yangi uylardan birining egasi Kamol aka. - Hovli to‘yini o‘tkazib, shu yerda to‘ng‘ich qizimizni turmushga uzatdik. Bunday zamonaviy sharoitlarda elga to‘y berganimizdan baxtiyormiz.
“Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi Namangan filiali yetakchi mutaxassisi Abdusamat Nuriddinovning aytishicha, joriy yilda viloyatda 777 ana shunday yangi uylar o‘z egalariga topshiriladi.