Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, birlamchi ishlov berish, eksportga tayyorlash va transportirovka qilish ishlarini kompleks bajarish maqsadida joriy yilda to‘rtta logistika markazi tashkil etiladi. Andijon, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu boradagi ishlar boshlab yuborildi.

Milliy matbuot markazida “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda batafsil ma’lumot berildi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar samarasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish izchil ko‘payayotgani, bu aholi farovonligi va mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirayotgani ta’kidlandi.

– Logistika markazlarida servis va huquqiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi,– deydi “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi raisi o‘rinbosari Ravshan Hamidbekov. – Eksport uchun kerakli bo‘lgan barcha hujjatlar shu yerda tayyorlanadi. Bu markazlar tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar faoliyat yuritadi. Bunday qulayliklar eksport bilan shug‘ullanish istagidagi tadbirkorlar vaqtini va naqdini tejashga xizmat qiladi.

Oltmishdan ziyod ulgurji savdo bazasi va korxonaga ega uyushma mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va aholini ushbu mahsulotlar bilan barqaror ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. Oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlariga mo‘ljallangan ixtisoslashgan omborxonalar qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ham doimiy e’tiborda. Xususan, uyushma tizimida 116 ming kvadrat metr sovutilmaydigan, 75 ming tonnalik sovutiladigan omborxonalar mavjud.

2011-2015-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 68 ming tonnalik zamonaviy sovutkichli sig‘imlar qurilib, rekonstruksiya qilindi. Xususan, o‘tgan yili 16,5 ming tonnalik sig‘imlar ishga tushirildi.

Uyushma joriy yilda meva-sabzavotni qayta ishlovchi qariyb yigirmata, non, qandolat va makaron mahsulotlari hamda sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan o‘nta sex tashkil etishni rejalashtirgan. Shu maqsadda 3000 gektardan ziyod maydonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekilib, 166 gektarda yangi intensiv bog‘ yaratilmoqda.

Anjumanda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning ustuvor yo‘nalishlari, aholini ijtimoiy muhim va boshqa mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash hisobiga oziq-ovqat zaxirasini ko‘paytirish va xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rtta logistika markazi tashkil etiladi