Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 17:44 Chop etish versiyasi

To‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazmalarda 350 dan ziyod kompaniya va firma o‘z mahsulotlarini namoyish etadi

Joriy yil 13-15-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazmalarda bo‘lib o‘tadi.

«To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – “CAITME 2017” hamda “To‘qimachilik sanoati – Textile Expo Uzbekistan 2017” xalqaro ko‘rgazmalari tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi so‘nggi yutuqlar namoyish etiladigan, tarmoqda faoliyat yuritayotgan firma va kompaniyalar vakillari, soha mutaxassislari, modelyerlar fikr va tajriba almashadigan maydonga aylanadi. Bu haqda poytaxtimizdagi Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti samarasida to‘qimachilik sanoati izchil rivojlanib, sohada istiqbolli investitsiya loyihalarining salmog‘i sezilarli darajada ortmoqda. Natijada yengil sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyotdagi ulushi yil sayin yuksalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Osiyo ramzi” O‘zbekiston modelyerlar va dizaynerlar uyushmasi ko‘magida “ITE-Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va “ITE” kompaniyalari guruhi (Buyuk Britaniya) tomonidan o‘tkazilayotgan “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2017” va “To‘qimachilik sanoati – Textile Expo Uzbekistan 2017” xalqaro ko‘rgazmalari mamlakatimiz yengil sanoati salohiyatini kengaytirish, dunyodagi yetakchi kompaniya va firmalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilgi ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Belarus kabi 20 dan ortiq mamlakatdan 350 dan ziyod kompaniya va firma o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Bu yilgi ko‘rgazmalarning yangiligi – qator xorijiy kompaniyalarning bo‘yash, pardozlash, laboratoriya va boshqa uskunalari, matoga yorliq bosish texnologiyalari, tayyor va yarim tayyor mahsulotlari taqdim etiladi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ko‘rgazma tashkilotchilaridan javob oldi.

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA
796






Все о погоде - Pogoda.uz