– Ichki bozorni “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi dori vositalari bilan ta’minlash, Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi, – deydi “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari Xudoyor Norboyev.

Prezidentimizning 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu hujjatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirishda birinchi darajali vazifa sifatida belgilab berilgan. Davlat organlari hamda xo‘jalik birlashmalariga yer uchastkalari chegaralarini belgilash va ularni erkin iqtisodiy zonalar tarkibiga kiritish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil qilish uchun yer uchastkalari ajratish, erkin iqtisodiy zonalar hududlarida sanoat plantatsiyalari tashkil etish, o‘stirish uchun tavsiya etiladigan dorivor o‘simliklar ro‘yxatini tuzish hamda keyinchalik ushbu dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlash, dori-darmon vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bo‘yicha maqsadli Dastur ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur farmon ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari va resurs salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Ichki bozorni “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi dori vositalari bilan ta’minlash, Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi, – deydi “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari Xudoyor Norboyev. – Farmon asosida tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan zarur investitsiyalar kiritishda bir qator soliq va majburiy ajratmalardan, shuningdek, xorijiy texnologiyalar va butlovchi buyumlar olib kelganda bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi sohaga tadbirkorlarning qiziqishini yanada oshirmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu borada 28 loyiha amalga oshiriladi. Dorivor o‘simliklar ekish, ularni qayta ishlash, dori-darmon va biologik qo‘shimchalar hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalar asosida mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Farmonga muvofiq tashkil etilayotgan “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun Nukus tumanining “Taqirko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 50 gektar, dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha plantatsiya tashkil etuvchilarga 1 ming 200 gektar yer ajratib berildi.

Erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi Mo‘ynoq tumanidagi “Indabrus Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyati farmatsevtika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qizilmiya ildizi va isiriq o‘simligini qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu ikki loyiha uchun “Asakabank” tomonidan 650 ming dollar miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Joriy yil oxiriga qadar amalga oshiriladigan ushbu loyihalar samarasida 80 kishining bandligi ta’minlanadi.

Chimboy tumanidagi “Gulnaz-Aselya Farm” xususiy korxonasida tibbiyot binti va vata ishlab chiqariladi. Beruniy tumanidagi “Navoiy” xususiy korxonasida esa Orolbo‘yi hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklardan dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Nukus shahridagi “Nukus Med Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga 250 million dona tibbiy shpris ishlab chiqariladi. Kelgusi yili foydalanishga topshiriladigan bu korxonada 200 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini mustahkamlash, yuqori sifatli dori-darmon ishlab chiqarish orqali ichki bozorni keng turdagi tibbiyot mahsulotlari bilan to‘ldirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaldagi ifodasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda