MDHga a’zo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi va uning ijroiya organi – Kengash direksiyasi Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni ta’minlash maqsadida 1992-yil 14-fevralda MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining kelishuviga binoan tashkil etilgan.

Kengash temir yo‘llarning ekspluatatsiya faoliyati, yuk tashish vagonlari va konteynerlaridan birgalikda foydalanish, yo‘lovchi va yuk tashish shartlari, xalqaro yo‘nalishlarda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, bajarilgan ishlar va xizmatlarni hisobga olish hamda buning uchun o‘zaro hisob-kitob tizimini ishlab chiqish, ilmiy-texnik hamkorlik kabi masalalarni ko‘rib chiqadi va hal etadi.

63-majlisni MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi raisi O.Belozerov ochdi.

Majlisda hamkorlikni yanada rivojlantirish va Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashining avvalgi majlislari doirasida erishilgan kelishuvlar qanday amalga oshirilayotganiga oid masalalar muhokama etildi hamda shu yilning 9 oyi davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.

O‘tgan davrda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning po‘lat izlari orqali 1,4 milliard tonna yuk tashilgani va bu qabul qilingan majburiyatlardan 15 foiz ko‘p ekani ta’kidlandi. Bundan tashqari, tashishlar o‘rtacha masofasi 3,5 foiz oshgani qayd etildi. Hisobot davrida temir yo‘l ma’muriyatlari yuklarni tashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirdi va mazkur yordam hajmi 3,9 ming vagonni tashkil qildi. O‘tgan vaqt mobaynida konteynerlarda 20 million tonna yuk tashildi va bu qabul qilingan majburiyatlardan 6,1 foiz ko‘pdir. 2015-yilning to‘qqiz oyida xalqaro yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar soni 14,8 million kishini tashkil etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining hisobot davridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi O.Ramatov anjuman ishtirokchilariga Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz temir yo‘llari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soha korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi sa’y-harakatlar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston temir yo‘llari yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy transport tizimi bo‘lib, bugungi kunda ularning uzunligi 6 ming kilometrdan ziyodni tashkil etadi. Shu bois mamlakatimiz Yevroosiyo transport makonida temir yo‘l orqali tashishni tashkil etish va tranzit yuklarni tashishda xalqaro transport koridorlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda muhim o‘rin tutmoqda.

Bunday salmoqli yutuqlarga Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat tufayli erishilmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi qator yirik sanoat korxonalari modernizatsiya qilinib, texnik va texnologik yangilanib borayotgani natijasida mamlakatimiz bugun Markaziy Osiyoda temir yo‘l transporti uchun mukammal qurilish-ta’mirlash bazasiga ega yagona davlatga aylanmoqda.

Masalan, 2013-yilda mintaqamizda temir yo‘l transporti uchun quyma mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan quyuv-mexanika zavodida qiymati 150 million dollardan ortiq modernizatsiya ishlari bajarilib, korxona Germaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan texnologik liniyalar bilan jihozlandi. 2020-yilga kelib korxonada yiliga 1200 yuk vagoni ishlab chiqarish, 1500 vagonni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida zamonaviy yo‘lovchi tashish vagonlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi yillarda bu yerda 120 yangi vagon ishlab chiqarilib, 735 vagon modernizatsiya qilindi. Buning samarasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yuk va yo‘lovchi tashish vagonlaridan MDH mamlakatlari temir yo‘llarida foydalanilmoqda va O‘zbekistonning temir yo‘l sohasidagi texnologik yutuqlari namoyish etilayotir.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi qarorlarini hayotga tatbiq etib, boshqa davlatlarning sanoat, ilmiy va ekspluatatsiya korxonalari, kadrlarni sifatli tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlari bilan yaqin aloqalarni kengaytirmoqda, MDH temir yo‘l transporti ma’muriyatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Turkmaniston bilan temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ikki davlatning integratsiyalashgan po‘lat izlari nafaqat O‘zbekiston va Turkmaniston, balki boshqa mamlakatlar uchun ham tranzit tizimi sifatida xizmat qilayotir. Bundan tashqari, yaqinda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati va Turkmaniston temir yo‘l transporti vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Belarus temir yo‘llari boshlig‘i V.Morozov mashinasozlikni rivojlantirish va yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnovini tashkil etishda O‘zbekiston tajribasi e’tiborga molik ekanini ta’kidladi. MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi navbatdagi majlisining Toshkentda o‘tkazilishi samarasida mamlakatingizning ushbu yo‘nalishdagi yutuqlarini har tomonlama o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.

«O‘zbekiston temir yo‘lari» aksiyadorlik jamiyatining Temiryo‘lchilar va va transport quruvchilari kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi bilan ham hamkorligi kengayib bormoqda.

– O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – deydi Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi raisi N.Nikiforov. – Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi kengashi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, ayniqsa, mehnat faxriylari, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, temiryo‘lchilar farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda MDHga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashining 63-majlisi boshlandi