O‘zA O`zbek

18.09.2019 Chop etish versiyasi

Tekstil mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasi tashkil etiladi

Tekstil mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasi tashkil etiladi

Namangan shahar hokimligi, tadbirkor-ishbilarmon doiralar vakillari va Namangan muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Pokistonda bo‘lib turibdi.

Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif davomida Faysalobod shahriga bordi.

Qayd etish joiz, Faysalobod shahri Pokistonning tekstil markazi hisoblanadi va eksportining salkam 70 foizini aynan tekstil mahsulotlari tashkil etadi.

Delegatsiya Faysalobod shahriga safari davomida amaliy natijaga erishdi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Pokiston milliy yengil sanoat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur bitimga muvofiq, Namangan muhandislik-texnologiya institutida Pokistondagi universitet bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini jahon standartlari darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasini tashkil etiladi. Ikkala oliy ta’lim muassasalarining pedagog va talabalari o‘zaro tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Oqilxon DADABOEV, NamMTI Axborot xizmati rahbari.

3 852
O‘zA