Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 19:55 Chop etish versiyasi

Tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Aholining shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaligiga asoslangan tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga ko‘maklashish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish va bu borada mavjud muammolarni bartaraf etish xususida so‘z yuritildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, soliq, bank, tuman “Yagona darcha” markazi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan aholi vakillari, kollej bitiruvchilari ishtirok etdi.

Andijonda aksariyat xonadonlar tomorqadan unumli foydalanadi. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, urug‘chilik, ko‘chatchilikda ilg‘or tajriba to‘plangan. Bugungi kunda viloyat aholisi ixtiyorida 27,5 ming gektar tomorqa maydoni mavjudligi hisobga olinsa, bu yo‘nalishda hali foydalanilmay turgan imkoniyatlar ko‘pligi ayon bo‘ladi. Shu bois viloyatda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahrixon tumanida fevral oyining o‘tgan davrida tijorat banklari tomonidan 532,5 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, 97 xonadon oilaviy tadbirkorlik qilish va tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

– Tadbirda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan xonadonlarning imkoniyatini o‘rganish, ularga moliyaviy va boshqa amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan vazifalar belgilandi, – deydi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev. – Bu boradagi mavjud muammolar mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot orqali tahlil qilindi.

Ishtirokchilarga oilaviy tadbirkorlikni samarali tashkil etish, soliq imtiyozlari, bank kreditlaridan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi idora va tashkilotlar xizmatlari xususida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
693






Все о погоде - Pogoda.uz