Sirdaryo viloyatida 7 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar tashqi bozorda ham xaridorgir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining mustahkam tayanchidir. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar samarasida mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash bilan birga, mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

"Bek" ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli korxona va tashkilotlarda tayyorlanayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan aholiga manzur bo‘lmoqda. Ushbu yirik ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida “Gul-ren-teks”, “Tekstil market”, “Davron Shavkat Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Guliston medtexnika”, “Sarbonteks”, “Orzu tekstil SV”, “Sirdarыnskiy bereg” qo‘shma korxonalari, paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, parrandachilik va yilqichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mavjud. Birlashma tasarrufidagi korxona va fermer xo‘jaliklarida 3 mingga yaqin yoshlar mehnat qilayotir.

Birlashmaning ishlab chiqarish salohiyati va mahsulot eksport qilish hajmi yildan-yilga ortmoqda. 2016-yilda tayyor trikotaj va tikuvchilik yo‘nalishida 104 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi. Shu sohaning o‘zidan olingan daromad 3 milliard 596 million so‘mni tashkil etdi. Birlashma tasarrufidagi korxonalar tomonidan paxta, pomidor, bodring, karam, mosh, loviya, kungaboqar kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sut va tuxum yetishtirish bo‘yicha ham yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi eksport qilinayotir.

Ayni paytda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Brend teks trayd” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etish, “Guliston medtexnika” hamda “Sarbonteks” qo‘shma korxonalarida tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2017-yil 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan qiziqdi.

– Davlatimiz rahbari viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, – deydi "Bek" ishlab chiqarish birlashmasi rahbari, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Ulug‘bek Sotiboldiyev. – Navoiy va Buxoro viloyatlarida tashkil etilgan zamonaviy paxtachilik-tekstil klasterini Sirdaryo viloyatida ham yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, qiymati 200 million dollarga teng zamonaviy paxtachilik-tekstil “Mirzaobod universal treyd” klaster xususiy korxonasi loyihasi 2017-2021-yillarda amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Ishga shu yo‘nalishga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari jalb etiladi. Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va bildirilgan yuksak ishonch bizni el-yurt ravnaqi yo‘lida yanada kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishga undaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyotimizning muhim omili