Takexiko Nakao: Harakatlar strategiyasi – O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zaro hamkorlik loyihalari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zaro hamkorlik loyihalari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:– O‘zbekistonga tashrifim juda samarali bo‘lmoqda. Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. Yerdan maqsadli va samarali foydalanish, bog‘dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi loyihalar bizda katta qiziqish uyg‘otdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda ham shular kabi bir qancha sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan muloqotda qishloq aholisining turmush darajasini yanada oshirish, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi. Bu pirovard natijada mamlakatning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratadi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan energetika sohasidagi infratuzilmalarni rivojlantirish, transport, kommunal xizmatlar, olis hududlarda turar-joylar qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratadi.
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi ulkan salohiyatga ega. Biz O‘zbekistonning mintaqada transport aloqasini yaxshilash va global bozorlarga chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaymiz va ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shuni alohida qayd etmoqchimanki, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish loyihalarida qatnashishni rejalashtirmoqdamiz. Binobarin, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonning barcha sohalardagi taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu harakat yuksak samaralar berishiga ishonamiz.