Tadbirli yosh tadbirkor
Samarqandlik yosh tadbirkorlardan Abdulla Habibullayev o‘tgan yili kollejni bitirib, “Exclusive Golden Honey” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etdi.
Samarqandlik yosh tadbirkorlardan Abdulla Habibullayev o‘tgan yili kollejni bitirib, “Exclusive Golden Honey” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etdi.Asalarichilikka ixtisoslashgan ushbu xo‘jalikda 120 uya asalari oilasi parvarishlanmoqda.
– Joriy mavsumda 3 tonna asal yig‘ib oldik, – deydi yosh tadbirkor. – 5 turdagi asal, propolis ekstrakti, asalari suti kabi tayyor mahsulotlar belgilangan me’yoriy talablar asosida sifatli qadoqlanib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda. Kelgusida asalari zahridan surtma dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda asalarichilik xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bog‘ tashkil qilishni rejalashtirganmiz.