Nozima Ahmadjonova Toshkent dizayn kasb-hunar kollejini tamomlab, tikuvchilik sexi tashkil etgan. O‘zi kabi bir guruh qizlar ishlaydigan ushbu sexda tayyorlangan liboslarning bozori chaqqon. Sababi, bu kiyimlar milliy va zamonaviy an’analarni o‘zida uyg‘unlashtirgan.

Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan "O‘zbekistonda moliya sektorini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi Nozima singari ko‘plab qizlarning o‘z tadbirkorligini boshlashida muhim poydevor bo‘lmoqda.

Mazkur loyiha sarhisobiga bag‘ishlangan anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, bank-moliya idoralarining mutasaddilari, ekspertlar, tadbirkor xotin-qizlar taklif etildi.

Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi va yurtimizdagi bir qator bank tuzilmalari bilan birgalikda hayotga tatbiq etilgan "O‘zbekistonda moliya sektorini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlarga biznesni yuritish bo‘yicha yaqindan ko‘maklashishdan iborat.

2012-yilda boshlangan loyiha doirasida yurtimizning barcha hududlarida axborot-maslahat guruhlari tashkil etilib, biznes-trenerlar tayyorlandi. Ayollar uchun mikrokreditlar ajratilib, yurtimiz va xorijlik ekspertlar ishtirokida moliyaviy savodxonlikni oshirish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etildi. Kollej o‘quvchilarining tadbirkorlik ko‘nikmasini yuksaltirish bo‘yicha turkum mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishbilarmonlik madaniyatini oshirish yuzasidan turkum qo‘llanmalar chop etilib, tarqatildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘plab ayollar kredit bilan ta’minlanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Buning samarasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

– O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi ishbilarmonlikning eng yaxshi yo‘nalishi sifatida o‘zini namoyon etdi, – deydi Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondining departament direktori Matias Foss. – Xotin-qizlar ziyrakligi, mas’uliyat va ishonchni chuqur his etishi, maqsad sari qat’iy intilishi bilan biznesda yaxshi natijalarga erishmoqda. O‘zbekistonda ayollarning farzandli bo‘lishi jarayonida ish joyi, mehnatga oid imtiyozlari to‘liq saqlanib qolishi menda g‘oyat katta taassurot qoldirdi. Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlangani mamlakatingizda tadbirkorlik sohasidagi keng imkoniyatlar, yoshlar, ayollar manfaati yo‘lidagi rag‘bat va e’tiborning amaliy samarasidir.

– Loyiha doirasidagi biznes mashg‘ulotlar to‘garak tarzida olib borilib, ularga kollej o‘quvchilari bilan birga, maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, shuningdek, uyushmagan yoshlar ham keng jalb etildi, – deydi Sirdaryo viloyatidagi Mirzaobod xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Malohat Mavlonova. – Bu esa ko‘plab yoshlarning o‘z tadbirkorlik ishini boshlashi uchun dastlabki start vazifasini o‘tadi.

Tadbir yakunida loyiha natijalari davomiyligini ta’minlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik yo‘lidagi amaliy rag‘bat