Olmaliq shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasi – hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omili mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yirik korxonalar va kichik biznes subyektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatidan keng foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Bu jarayonda, avvalo, kichik biznes subyektlarining yirik sanoat korxonalari bilan ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyasi doirasida uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini shakllantirish hamda kengaytirish uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Toshkent viloyatida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ushbu sektorning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 61,2 foizdan oshdi.

– Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi partiya deputatlik guruhi vakillari tomonidan joriy yilning birinchi choragida 23 nazorat-tahlil faoliyati o‘tkazildi, – deydi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin Fayziyev. – 30 ga yaqin mansabdor shaxslarning hisoboti eshitildi, 100 ga yaqin deputatlik so‘rovlari yuborilib, xalq deputatlari Kengashlari sessiyalariga 21 taklif bilan murojaat qilindi. Mazkur murojaatlarning 9 tasi Kengashlar sessiyalariga kiritilgan.

Tadbirda mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shu asosda raqobatbardosh mahsulot tayyorlashni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlik – taraqqiyoning muhim omili